Video: Poroshenko “Sharmanda” deb hayqirgan kishilardan qochib qoldi
Internetda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko "Bikovnyan qabrlari" Milliy tarixiy-memorial majmuasi hududini olomon hushtakbozligi ostida tark etayotgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Kishilar unga “Sharmanda!”, deya hayqirishgan.
Ukraina rahbari Kiyev yaqinidagi memorial majmuaga mamlakatda har yili 21 may kuni nishonlanadigan siyosiy qatag‘onlar qurbonlari xotirasi Kuni sabab tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Gromadske radio". Shuningdek, u nutq so‘zlab, “tanasining har bir hujayrasi bilan natsistlar va Stalin rejimining bir-biriga o‘xshashligini his etishini” ma'lum qildi.
Biroq, Poroshenko ketishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaganda, uni bir necha o‘nlab kishilar o‘rab olib, savollar bera boshlashdi. Fuqarolar Poroshenkodan nima uchun “Yevropaning eng qashshoq davlatida prezident shu qadar boy” ekanini so‘rashgan. Ular shuningdek “sudyalar o‘g‘irlik qilmasligi uchun ular ustidan nazoratni kuchaytirishni” ham talab qilishgan. Poroshenko savollarga javob berishni istamadi va majmua hududini rafiqasi bilan birga tark etdi.
Shu bilan birga, kishilar uning ortidan “Sharmanda!”, “Yolg‘on-yashiq!” va “Iste'foga!”, deb qichqirishgan.
Mavzuga oid
14:00 / 16.11.2024
Umerov: Ukraina Rossiya tomonidan egallab olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi
13:46 / 16.11.2024
Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:41 / 15.11.2024