Jahon | 08:59 / 23.05.2017
7869
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy yangi temir yo‘l bo‘ylab Belarusga ilk yuk poyezdini jo‘natdi

Foto: Reuters

Xitoy yangi temir yo‘l bo‘ylab Belarusga ilk yuk poyezdini jo‘natdi. Bu temir yo‘l Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi muhim transport yo‘laklaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

South China Morning Post nashrining ma'lum qilishicha, Xitoyning Shenchjen shahri yaqinidagi Yantyan porti bilan Minskni bog‘lovchi temir yo‘l uzunligi 9,9 ming km ni, u orqali Minskgacha yo‘l 2 haftaga yaqinni tashkil qiladi. 

22 may kuni ilk poyezd Belarusga mobil telefonlardan tortib mashina ehtiyot qismlarigacha bo‘lgan Xitoy mahsulotlari ortilgan 41 konteynerni olib ketdi.

Xitoyning borgan sari ko‘proq shaharlari "Bir makon – bir yo‘l" tashabbusi doirasida Yevropa shaharlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l aloqasini yo‘lga qo‘ymoqda. Misol uchun, Xitoyning Chuntsin va Germaniyaning Duysburg shaharlari o‘rtasidagi temir yo‘l orqali muntazam ravishda yuk tashishlar amalga oshirilmoqda. Yuk tashishlarning shunday tizimi dunyodagi eng katta ulgurji bozor joylashgan Chjetszyan viloyatidagi Iu shahrini Madrid va London bilan bog‘laydi. 

Mavzuga oid