Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manchesterdagi terakt qurbonlari soni ortdi, qurbonlar orasida bolalar bor
22 may kuni Manchesterdagi Manchester Arena yopiq stadionida sodir etilgan terakt vaqtida qurbon bo‘lganlar soni 22 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda politsiya ma'lumotiga asoslangan holda mahalliy televideniyeda xabar qilindi.
Shuningdek, portlash oqibatida jarohatlangan 59 kishi shifoxonaga murojaat qilgan.
«Qurbonlar orasida bolalar ham bor», — deya ma'lum qilgan politsiya vakili.
Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni kechqurun Manchesterda amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grandening konserti bo‘lib o‘tayotgan stadionda portlash yuz berdi. Dastlabki xabarlarda hodisa oqibaqtida kamida 19 kishi halok bo‘lgani va 50dan ortiq kishi yaralangani aytilgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
08:37 / 25.04.2025
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
09:30 / 24.04.2025