Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Imomali Rahmon Donald Trampni uning ko‘rishish uslubida «mag‘lub etdi»
OAV AQSh prezidenti Donald Trampni uning mashhur qo‘l berib ko‘rishish uslubida mag‘lub etgan siyosatchini topdi. Tojikiston davlat rahbari Imomali Rahmon Amerika yetakchisi Donald Trampni shunday “musobaqa”da yengdi, deb yozmoqda Mashable.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Islom davlatlari va AQSh o‘rtasidagi sammit chog‘ida Imomali Rahmon Amerika prezidenti bilan ko‘rishar ekan, Trampning kuchli qo‘l berib ko‘rishishiga munosib javob qaytargan. U Oq uy rahbarining qo‘lini o‘zi tomon tortgani ortidan 7 soniyalar davom etgan noqulay vaziyat vujudga kelgan. Alaloqibat, Amerika rahbari Tojikiston prezidenti tomon qadam tashlashga majbur bo‘lgan, deb holatni ifodalaydi nashr.
Ma'lumki, Donald Tramp o‘ziga xos bo‘lgan keskin ko‘rishish odati bilan e'tibor qozongan. U ko‘rishgan vaqtda kaftni qattiq siqib silkiydi va o‘zi tomon tortadi. Balki, bunday ko‘rishish "kuchini namoyish etishdir", deya taxmin qiladi maqola muallifi.
Mavzuga oid
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
17:14 / 12.04.2025
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
20:20 / 31.03.2025