Jon Kerri amerikalik talabalarga ruschani o‘rganishni tavsiya qildi
AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri amerikalik talabalarga o‘z mamlakati hukumatiga ko‘proq ta'sir o‘tkazish uchun rus tilini o‘rganishni tavsiya qildi.
Politico nashrining ma'lum qilishicha, u bu haqda Garvard universiteti qoshidagi Kennedi nomidagi maktab talabalari oldidagi nutqida aytib o‘tdi.
"Mendan ko‘pincha hukumatga real ta'sir o‘tkazishning siri nimada deb so‘rashadi. Axir, yaqinda hammasi o‘zgardi", deb aytilgan Kerri nutqida.
Kerrining ta'kidlashicha, u agar avval bunday savol berilganda ta'sirga ega bo‘lish uchun yoki davlat lavozimiga saylanish kerakligi, yoki Kennedi nomidagi maktabda ilmiy unvon olish kerakligini aytgan bo‘lardi.
"Hozirgi Oq uy bilan men shuni aytishim mumkinki, sizlar Rosetta Stone dasturini (xorijiy tillarga o‘rgatuvchi kompyuter dasturi) sotib olib, rus tilini o‘rganishni boshlashingiz kerak", deb aytgan Kerri.
Kerri AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning ikkinchi prezidentlik muddati davrida davlat kotibi bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
21:11 / 25.11.2024
Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrant bolalari maktabga qabul qilinmasligi mumkin
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:18 / 01.11.2024