Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya terrorizmga qarshi kurash uchun Afrika mamlakatlariga yordam beradi
Yaponiya joriy yilda Sahroi Kabirdan janubda joylashgan Afrika mamlakatlariga terrorizmga qarshi kurash maqsadida 200 mln dollar miqdorida yordam ko‘rsatadi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe G7 mamlakatlari yetakchilari va Afrika qit'asining Nigeriya, Niger, Efiopiya, Keniya va Tunis kabi davlatlar rahbarlari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida ma'lum qildi.
"Tinchlik va barqarorlik rivojlanishning muhim omili hisoblanadi. Biz (Afrika mamlakatlarida) mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash ishiga xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda o‘z hissamizni qo‘shishni xohlaymiz", - degan Abe.
Avvalroq, Italiya bosh vaziri Paolo Djyentiloni “Katta yettilik” guruhining Afrika bilan munosabatlar muhimligini ta'kidlagan edi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari orasida esa, Italiya bosh vaziri fikricha, innovatsiyalar, barqaror rivojlanish v investitsiyalar, xususan inson resurslari ham bor.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
10:22 / 23.05.2025