Jamiyat | 12:20 / 30.05.2017
22492
2 daqiqa o‘qiladi

Dovul vaqtida Moskva viloyatidagi piramida shaklidagi inshoot vayron bo‘ldi

1999 yilda Moskva viloyatining Novorijskiy shossesi yaqinida o‘rnatilgan, shisha-plastik konstruksiyalardan barpo etilgan 44 metrlik piramida shaklidagi inshoot 29 may kuni hududda kuzatilgan dovul vaqtida vayron bo‘ldi. Piramida rossiyalik muhandis Aleksandr Golodning 1990-yillardan boshlab Rossiya va MDH davlatlarida o‘rnatilishi olib borilgan "energetik piramidalari"dan eng mashhuri bo‘lgan. 

Golodning ta'kidlashicha, piramida ichiga qo‘yilgan suv saratonni davolashi mumkin bo‘lgan, piramidalarning o‘zi esa bir necha yildan keyin OITS, saraton, sil, gripp va sariq kasal kabi kasalliklarni yo‘q qilishi kerak bo‘lgan. Piramidaga yondosh hududlarda ushbu kasalliklar, ekologik vaziyat, sog‘liqni saqlash, terrorchilik va jinoyat bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar albatta kuzatilmagan. Golod piramidalarining samarali ekanligini isbotlovchi birorta dalilning yo‘qligiga qaramasdan, bu inshootlar ba'zi doiralarda mashhur bo‘lgan.  

Piramida vayron bo‘lgach ham o‘z ommaviyligini yo‘qotmadi: odamlar uning vayronalariga kelib, suratga tushishmoqda. Moskva viloyatidagi yagona piramidadan nima qolgani quyidagi suratlarda aks etgan.

 

Mavzuga oid