Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: yaponiyalik olimlar oyoq bilan boshqariladigan robot qo‘l ishlab chiqishdi
Yaponiyaning Tokio universitetida asos solingan Inami Xiyama laboratoriyasi (Inami Hiyama Laboratory) tadqiqotchilari MetaLimbs deb nomlangan yordamchi robotni namoyish etishdi. Bu bir juft robotlashtirilgan qo‘l bo‘lib, foydalanuvchining bel qismiga mahkamlanadi va oyoq bilan boshqariladi, deb xabar qilmoqda The Verge.
Tizimning bir qismi foydalanuvchining boldiri va tovoniga o‘rnatiladi. Shu bilan oyoq sun'iy qo‘lning holatini belgilaydi. Robot-qo‘l biror buyumga tegsa, qurilma taktil hissiyot berish uchun oyoqqa yopishadi.
Ishlab chiqaruvchilar qurilmani kompyuter grafikasi va interaktiv texnologiyalar bo‘yicha Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadigan Siggraph konferensiyasida taqdim etadi. Anjuman joriy yil 30 iyul-3 avgust kunlari tashkil etiladi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025