Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Arizonada bug‘u ayiqdan o‘z bolasini qutqarib qoldi
Amerikaning Arizona shtatida bug‘u o‘z bolasini himoya qilish uchun ayiqqa hujum qildi. Guvohlar bu voqeani videoga muhrlashdi.
Video avvalida bug‘u bolasi deyarli ko‘rinmaydi, uning faqat chiyillashi eshitiladi. Ayiq unga bir necha bor yaqinlashishga harakat qiladi, biroq ona-bug‘uning qat'iy nigohi ostida bunga jur'ati yetmaydi.
Bug‘u chalg‘igan paytida ayiq hujumga kirishadi. Ona bug‘u yirtqich tomon yugurib, bolasini qutqaradi. U shu zahotiyoq "o‘ljasi"ni tashlab, daraxtga chiqa boshlaydi. Shundan so‘ng bug‘u va uning bolasi o‘z yo‘lida davom etadi.
Rolik mualliflarining ta'kidlashicha, jonivorlarning keyingi taqdiri ularga noma'lum.
Mavzuga oid
17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi
00:13 / 29.12.2024
Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi
10:52 / 24.08.2024
Arizonalik erkak Trampga tahdid qilganidan keyin hibsga olindi
14:34 / 16.07.2024