Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda ikki kishi ayiq hujumidan halok bo‘lgani haqidagi xabar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan holat aslida Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida qayd etilgani aniqlandi.
Jizzax viloyati Zomin tumani hududida ayiq ikki nafar fuqaroning umriga zomin bo‘lgani hamda ayiq ovchilar tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar tarqaldi.
Viloyat ekologiya boshqarmasi ushbu xabar yolg‘onligini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan ushbu holat aslida Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida sodir bo‘lgani aniqlandi. Bu haqida Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.
Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi fuqarolardan bu kabi noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘radi va qonunchilikda yolg‘on xabarlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkinligini eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025