Sport | 13:50 / 01.06.2017
9441
1 daqiqa o‘qiladi

«MYu» de Xeani «Real»ga sotmadi

«Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xeani «Real»ga sotishdan bosh tortdi.

Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, madridliklar jamoasi ushbu ispaniyalik darvozabon uchun 60 mln funt sterling (69 mln yevro) taklif qilgandi, biroq mankunianliklar rad javobini berdi.

Avvalroq David Joze Mourino boshchiligida «MYu»dagi hayotidan mamnunligi va keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi jamoaning bir qismi ekanligidan baxtiyorligi ma'lum qilingandi. 

Mankunianliklar Yevropa ligasida «Ayaks»ni 2:0 hisobida yengib, keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. «MYu» musobaqaning guruh bosqichiga qur'a tashlashda 2-savatchadan joy oladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid