Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya korrupsiya mojarosi bosh qahramonining qizi qo‘yib yuborildi
Janubiy Koreyadagi korrupsiya mojarosida asosiy ayblanuvchisining shu haftada qo‘lga olingan qizi Chon Yu Ra sud qaroriga ko‘ra, ozod qilindi. Bu haqda Yonxap agentligi xabar qilmoqda.
21 yoshli Chon Yu Ra Janubiy Koreya prokuraturasi so‘roviga ko‘ra, Daniyadan ekstraditsiya qilingan, Seulga kelaverishda samolyot bortida qo‘lga olingandi. Biroq, sud prokuraturaning hibsga olish talabini rad etdi. Sud mahkamasi hibsga olish uchun taqdim etilgan sabablarni asossiz va zaruratsiz deb topgan.
Chon Yu Ra "ko‘pchilikka shunchalik tashvish uyg‘otganidan uzr so‘ragan" va tergov bilan hamkorlik qilishga va'da bergan. Shu bilan birga, Chon Yu Ra onasining ishlaridan umuman xabarsiz ekanini aytgan. "Shunday narsalar borki, men ular haqida bilmayman. Men o‘zimdan nima uchun bularni bilmaganimni so‘ramoqdaman", — degan u jurnalistlarga.
Janubiy Koreya prokurorlarining ishonishicha, 21 yoshli qizni so‘roq qilish, uning onasi, sobiq prezident Pak Kin Xening yaqin dugonasi Tsoy Sun Silning korrupsiya tizimiga oydinlik kiritishi kerak edi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025