Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Matonatli insonlar xayriya tadbiri Sirdaryo viloyatida
Avval xabar qilinganidek, saxovat va ehson oyi bo‘lmish Ramazoni sharifda «Mirza Yusuf» jome' masjidi hamda Mehrob.uz sayti tomonidan xayriya tadbirlari tashkil qilinimoqda.
Bu tadbirlarda Islom dini ko‘rsatmalariga muvofiq, muhtoj birodarlarni, imkoniyati cheklangan azizlarni ruhan qo‘llab-quvvatlash, og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish, mehr-muruvvat ko‘rsatish niyat qilingan. Muruvvatli insonlardan sovg‘a-salom olish, samimiy tabriklar eshitish har qanday kishining, kattayu-kichikning ko‘nglini xushnud qiladi.
Ana shu niyatda kecha ushbu tadbir doirasida jamoa Sirdaryo viloyatida bo‘lib, matonatli yurtdoshlarning xonadonlarida mehmon bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatda xonadon egalarini Ramazoni sharif bilan muborakbod etib, Alloh taoloning qazoi qadarini iymonu sabr-bardosh bilan qarshi olgan bu azizlarga maxsus aravachalar hadya qilindi.
Alloh taolo xayru ehsonlarni husni qabul aylasin, nogironlarga sabr oyi bo‘lmish Ramazoni sharifning hurmatidan behisob ajru savoblar ato etsin!
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025