Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand aeroporti vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi
«Samarqand» xalqaro aeroporti bir oy mobaynida yopiq bo‘ladi. Samolyotlar qabul qilinmaydi. Bunga uchish-qo‘nish yo‘lagida ta'mirlash ishlarini olib borish sabab sifatida aytilmoqda. Bu haqda Samarqand televideniyesi xabar qilmoqda.
Shu munosabat bilan "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Samarqandga parvoz qiladigan aviareyslarni Buxoro xalqaro aeroportiga o‘tkazishini ma'lum qildi. Bu o‘zgarishlar 1-31 iyul kunlari amalga oshiriladigan aviaparvozlarga taalluqli bo‘ladi.
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi ham 2017 yil 4 iyuldan 1 avgustgacha o‘z parvozlarini Samarqanddan Navoiy xalqaro aeroportiga o‘tkazayotganini e'lon qildi. Yo‘lovchilar Sheremetevo — Navoiy — Sheremetevo bo‘yicha parvoz qilishadi, deyiladi aviakompaniya xabarida. Bunda «Aeroflot»ning qo‘shimcha qilishicha, yo‘lovchilarni Navoiydan Samarqandgacha yer usti transportida yetkazishni zimmasiga olmaydi.
Bugungi unda «Samarqand» xalqaro aeroporti yiliga 300 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi. Unda so‘nggi rekonstruksiya 2009 yilda amalga oshirilgan edi. O‘shanda, aerovokzal kompleksi, tijorat omborxonasi, perron, samolyot angari ta'mirlangandi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025