Tramp Fors ko‘rfazi davlatlarini birdamlikka chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan telefon orqali muloqot davomida Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasida birdamlik zarurligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Oq uyga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Tramp mintaqada ekstremistik mafkura va terrorchilikning moliyalashtirilishiga qarshi birdamlik zarurligini aytdi. Fors ko‘rfazi davlatlari mintaqada tinchlik va xavfsizlik uchun birdam bo‘lishlari muhim", deb aytgan Oq uy amaldori.
5 iyunda Misr, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, BAA Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishlarini e'lon qilishgan. Keyinroq ularga Mavrikiy, Maldiv, Liviya, Yaman qo‘shilgan. Qatar tashqi ishlar vaziri Doha bunga javoban choralar ko‘rmasligini aytgan.
6 iyunda Qatar bilan diplomatik aloqa darajasini pasaytirishni Iordaniya ma'lum qilgan. Bundan tashqari, Mavritaniya hukumati ham Qatar bilan aloqalarni to‘xtatishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
19:01 / 19.11.2024
Qatar Tashqi ishlar vazirligi HAMAS yetakchilari Dohada emasligini ma’lum qildi
22:56 / 15.11.2024
Hamas korpusi Qatardan ketadimi? Qaysi davlatga?
23:32 / 14.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
11:16 / 14.11.2024