Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilgi Olimpiada dasturiga yangi sport turlari kiritildi
Tokioda bo‘lib o‘tadigan 2020 yilgi yozgi Olimpiada dasturiga 3x3 basketbol, VMX-fristayl, stol tennisi bo‘yicha mikst va boshqa bir qator yangi yo‘nalishlar kiritildi.
Bu haqdagi qaror Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Lozannadagi navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilindi.
Olimpiada dasturiga: triatlon bo‘yicha aralash estafeta, stol tennisi bo‘yicha mikst, velosportda VMX-fristayl trekida ayollar va erkaklar medisoni, ayollar o‘rtasida rulsiz to‘rtliklarda akademik eshkak eshish bo‘yicha musobaqalar, erkaklar o‘rtasida 800 metrga suzish, ayollar o‘rtasida 1,5 km ga suzish va 4x100 metrga aralash kombinatsiyalashgan estafeta, dzyudo bo‘yicha aralash jamoaviy musobaqalar, yengil atletika bo‘yicha 4x400 metrga aralash estafeta, ayollar va erkaklar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jamoaviy musobaqalar kiritildi.
Shuningdek, birinchi marta skeytbording, aralash og‘ir atletika va qoyaga ko‘tarilish bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi.
Tokiodagi Olimpiada 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
20:33 / 13.01.2025