Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston gilos yetishtirish bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda?
Joriy yilning 8 iyun kuni Toshkent shahrining Radisson Blu mehmonxonasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning «Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish» (AVC) loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda an'anaviy gilos ko‘rik-tanlovini tashkil etdi, deb ma'lum qilmoqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi.
USAIDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Jon Riordan tadbirda ishtirok etayotgan fermer xo‘jaliklari, agrobiznes korxonalari hamda davlat tashkilotlari vakillari, shuningdek qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi mahalliy va xorijiy ekspertlarni qutlab, kirish nutqini so‘zladi.
Tanlovda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan keltirilgan o‘nlab gilos navlari bozorbopligi, yirikligi va sifati bo‘yicha 3 xil yo‘nalishda namoyish etildi.
Bundan tashqari, alohida sovrin “Eng zo‘r gilos” nominatsiyasida taqdim etildi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarga turli viloyatlardan kelgan kasbdoshlari bilan o‘rtoqlashish hamda gilos yetishtirish, qadoqlash, saqlash va transportda tashishning yangi usullari hakidagi seminar-treningda o‘zaro fikr almashish imkoniyatini yaratib berdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston 100 000 tonna hajm bilan jahonda gilos yetishtirish buyicha beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi
00:27 / 29.03.2025
AQSh Davlat departamenti Kongressni USAID tarqatib yuborilishi haqida xabardor qildi
00:55 / 28.03.2025