Gutterish dunyo ahlini Orol dengizi fojiasidan to‘g‘ri xulosa chiqarishga chaqirdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Gutterish 10 iyun kuni kattaligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda bo‘lgan Orol dengizini borib ko‘rdi. Gutterish dunyo ahlini bu fojiadan to‘g‘ri xulosa chiqarishga va uning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. BMT rasmiy saytida shu mavzudagi maqola chop etildi.
"Orol dengizining qurishi iqlim tufayli emas, suv resurslarining inson tomonidan noto‘g‘ri boshqarilishi natijasida ro‘y bergan", - dedi Gutterish qachonlardir port shahar, hozir esa "kemalar qabristoni" bo‘lgan Mo‘ynoqni borib ko‘rganidan so‘ng.
"Shuningdek, iqlim o‘zgarishi munosabati bilan uning salbiy ta'sirini kamaytirishga oid qat'iy choralar ko‘rilmasa, bu fojia butun dunyo miqyosida ko‘payadi", - deya ogohlantirdi u.
BMT maqolasida Orolning qurishi hududda tuzni ko‘paytirib, u yerlarda yashovchi insonlar salomatligi va qishloq xo‘jaligiga jiddiy salbiy ta'sir ko‘rsatgani ta'kidlangan.
Gutterish bu "zamonamizning eng katta ekologik fojiasi" ekani va uning "insonlar sayyorani yo‘q qilib yuborishi mumkinligi"ga yaqqol misol bo‘la olishini aytgan. BMT bosh kotibi barchani Orol fojiasidan to‘g‘ri xulosa chiqarishga va ularning takrorlanmasligi uchun iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga butun xalqaro hamjamiyatni jalb qilishga chaqirdi.
Shu kuni Antoniu Gutterish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Ular BMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik va mintaqaviy masalalarini muhokama qilishdi.
BMT bosh kotibi shuningdek Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri Samarqandda ham bo‘ldi va u yerdagi aholi bilan suhbatlashdi.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024