Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti nima uchun Qozog‘istonga havas qilishini aytdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev nima uchun Qozog‘istonga havas qilishini aytdi. Bu haqida uning matbuot anjumanida aytgan gaplariga asoslanib, 24kg nashri xabar berdi.
Atamboyevning so‘zlariga ko‘ra, u Ostonada bo‘lganida 3 milliard dollarga qurilgan ko‘rgazma majmuasini ko‘zdan kechirgan.
"Agar men shuncha pul sarflaganimda, meni yoqib tashlagan bo‘lishardi, nazarimda. Biz bu yerda Jahon ko‘chmanchilar o‘yiniga 30 million dollar sarfladik va bu asosan donorlar hisobidan. Bu boradagi gap-so‘zlar hali tinmaydi. Qozog‘istonda esa ushbu ko‘rgazma majmuiga butkul o‘zgacha munosabat. U yerda odamlar qo‘llab-quvvatlamoqda. Men havas qildim, to‘g‘risi. Bizda, afsuski, hamma ham tushunmaydi", - dedi Almazbek Atamboyev.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025