Light | 18:52 / 12.06.2017
27592
2 daqiqa o‘qiladi

Asal yurak xurujining oldini olishi aniqlandi

Foto: Flickr

Asal tarkibida mavjud tabiiy qand moddasi (tregaloza) yurak xurujlarining oldini olishi mumkin. Bu haqida Vashington Universiteti olimlarining tadqiqotiga asoslanib, "Ortodoks" tibbiy portali xabar berdi. 

Tabiiy qand immun hujayralar (makrofaglar)ni arteriyalardan yog‘li qatlamlarni olib tashlashga majbur qiluvchi TFEB oqsilini faollashtiradi. Sichqonlar ishtirokidagi tajribalar shuni ko‘rsatdiki, tregaloza yog‘li qatlamlar hajmini taxminan 30 foizga kamaytiradi.

Bu degani - arteriyalar moslashuvchanligini yo‘qotuvchi, qon bosimini oshiruvchi, jiddiy yurak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi aterskleroz xavfi ancha kamayadi. 

Odatda atersklerozda makrofaglar tomirlarni qatlamlardan tozalay olmaydi.

Tregaloza, o‘z navbatida, nafaqat makrofaglar ta'sirini kuchaytiradi, balki bu hujayralarni o‘zini boshqacha tutishga majbur qiladi. 

Aytgancha, tregalozani hatto qo‘ziqorinlar, losterlar va krevetkalarda ham topish mumkin. Ta'kidlash joizki, tajriba doirasida faqat tregaloza inʼeksiyalarining samaradorligi isbotlandi. Shakarning oral shakllari ish bermadi. 

Mavzuga oid