Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan va Jizzaxda yirik asalarichilik markazlari tashkil etiladi
Namangan va Jizzax viloyatlarida asal zavodini tashkil investitsiyaviy loyihasini amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Misrning Tanta provinsiyasida joylashgan Al-Aseal asal ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Dastlab korxona rahbari Fatxi Bexeyri bilan muzokara o‘tkazildi. Unda Namangan va Jizzax viloyatlarida asal zavodini tashkil investitsiyaviy loyihasini amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Jumladan, qurilishi rejalashtirilayotgan binolar, asalni qayta ishlash, tozalash va boyitish tizimi bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralardan so‘ng asalni qayta ishlash va qadoqlash markazi hamda asal yig‘ish dalasiga ekskursiya uyushtirildi. Diplomatlar yaratilgan sharoitlar va ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
O‘zbekistonda tashkil etiladigan asalarichilik markaziga rivojlangan davlatlardan eng zamonaviy, to‘liq avtomatlashtirilgan uskunalar olib kelinadi. Buning natijasida har kuni inson omilini kamaytirish orqali bir necha tonna asal ishlab chiqarilishi va keyinchalik Markaziy Osiyo mintaqasida maqbul narxlarda sotilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
10:53 / 21.05.2025