JCh-2018 saralashi, D - duranglar guruhi
JCh-2018 saralashi doirasida Yevropada 6-tur uchrashuvlari davom ettirildi. D guruhida o‘tkazilgan barcha uch uchrashuvda durang natijalar qayd etildi.
Serbiya o‘z maydonida Uelsni qabul qilib, mag‘lubiyatga uchrata olmadi. Belgradning «Rayko Mitich» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Birinchi bo‘lim vaqtida Uels yarim himoyachisi Aaron Remsi 11 metrlik nuqtadan hisobni ochgandi, 73-daqiqada serblar hujumchisi Aleksandr Mitrovich javob golini yo‘lladi.
Irlandiyaga safar qilgan Avstriya esa o‘yin oxirida g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Dublindagi «Aviva» stadioni mezbonlik qilgan uchrashuvda ham 1:1 hisobi qayd etildi.
31-daqiqada mehmonlar Martin Xinterreggerning goli evaziga oldinga chiqqandi, ammo o‘yin yakuniga 5 daqiqa qolganida Jonatan Uolters durangni ta'minlovchi gol muallifiga aylandi.
Guruhning yana bir uchorashuvida Moldova Gruziya bilan o‘ynadi. Mezbonlar birinchi bo‘limda ikki gol urishdi, ikkinchi bo‘limda esa ikki gol o‘tkazishdi - 2:2.
Keyingi tur 2 sentabr kuni o‘tkaziladi, Serbiya o‘z maydlnida Moldovani qabul qiladi, shu kuni Uels Kardiffda Avstriya bilan o‘ynaydi, irlandlar Gruziyaga safar qiladi.
6 turdan keyin D guruhida quyidagicha vaziyat yuzaga kelgan: 1. Serbiya – 12 ochko; 2. Irlandiya – 12; 3. Uels – 8; 4. Avstriya – 8; 5. Gruziya – 3; 6. Moldova – 2.
JCh-2018 saralashi, Yevropa
6-tur
Serbiya – Uels 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 35, penalti Remzi, 1:1 – 73 Mitrovich.
Serbiya – Stoykovich, Nastasich, Ivanovich, Rukavina, Vukovich, Kostich (Priyovich, 67), Matich, Tadich, Milivoyevich (Gudel, 63), Kolarov, Mitrovich.
Uels – Xennessi, Devis, Uilyams, Chester, Richards, Allen, Edvards (Hyuz, 73), Remzi, Ledli, Ganter, Vouks (Lourens, 86).
Ogohlantirishlar: Stoykovich (33), Milivoyevich (34), Allen (56), Richards (71), Matich (90).
Moldova – Gruziya 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 15 Gynsar, 2:0 – 36 Dedov, 2:1 – 65 Merebashvili, 2:2 – 70 Kazaishvili.
Moldova – Namashko, Yepuryanu, Bordiyan, Posmak, Karp (Kojokar, 73), Chebotaru, Tsygyrlash (Raku, 78), Kochuk (Bugayev, 73), Dedov, Gynsar, Antonyuk.
Gruziya – Makaridze, Lobjanidze (Kvekveskiri, 35), Tabidze, Kverkveliya, Navalovskiy, Kankava, Daushvili (Kazaishvili, 46), Kashiya, Dvalishvili (Merebashvili, 65), Kacharava, Arabidze.
Ogohlantirishlar: Arabidze (79), Bordiyan (88), Kankava (89).
Irlandiya – Avstriya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 31 Xinteregger, 1:1 – 85 Uolters.
Irlandiya – Rendolf, Uord (Merfi, 56), Kristi, Daffi, Long, Xendrik, Arter (Xulaxan, 71), Breydi, Uelan (Makgidi, 77), Makkleyn, Uolters.
Avstriya – Lindner, Alaba, Xinteregger, Predl, Layner, Kaynts (Gregorich, 90), Yunuzovich (Grillich, 79), Lazaro, Baumgartlinger, Burgshtaller (Xarnik, 75), Dragovich.
Ogohlantirishlar: Breydi (29), Kristi (32).
Mavzuga oid
02:08 / 03.12.2022
JCh-2022. Braziliya to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda 1-o‘rinni egalladi, Shveytsariya - pley-offga chiqqan so‘nggi jamoa
02:13 / 30.11.2022
JCh-2022. Angliya Uelsni, AQSh Eronni mag‘lub etib 1/8 finalga yo‘llanma oldi
02:41 / 25.11.2022
JCh-2022. Braziliya mundialni Serbiya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi
09:36 / 16.11.2021