Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 saralashi. Yaponiya Iroqni yengolmadi, Tailand BAAdan ochko oldi
Osiyo qit'asida JCh-2018 saralash o‘yinlari davom etmoqda.
B guruhida Tailand terma jamoasi BAAni qabul qildi va so‘nggi daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Yaponiya esa Iroqqa qarshi safar o‘yinida g‘alabadan quruq qoldi - 1:1.
Guruhning yana ikki terma jamoasi Saudiya va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tgan haftada o‘tkazilgan, unda avstraliyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgandi.
Endilikda guruhda Yaponiya 17 ochko bilan birinchi, Saudiya Arabistoni va Avstraliya 16tadan ochko olgan holda ikkinchi va uchinchi bo‘lib turishibdi. Keyingi o‘rinlarni BAA (10), Iroq (5) va Tailand (2) terma jamoalari band etishgan.
JCh-2018 saralashi
OFK. B guruhi, 8-tur
13 iyun
Tailand – BAA – 1:1 (0:0)
Gollar: Tossakrai (70) – Ali Mabxut (90+3)
Iroq – Yaponiya – 1:1 (0:1)
Gollar: Komil (73) – Osako (8)

Mavzuga oid
18:35 / 25.03.2019
Urugvay milliy terma jamoasi China Cup 2019 g‘olibi bo‘ldi
19:24 / 21.03.2019
Xitoy – Tailand o‘yini bilan China Cup 2019 start oldi
08:49 / 21.03.2019
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Germaniya Serbiya bilan durang o‘ynadi, Iroq Suriyani yengdi
07:48 / 17.01.2019