Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda «Qoradori-2017» tadbirlari qanday o‘tmoqda?
Hozirgi kunda “Qoradori-2017” keng qamrovli tadbirining birinchi bosqichi davom etayotganligi munosabati bilan Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida G‘ijduvon tumani Bo‘ktaroy QFYda yashovchi fuqaro M.Bekbayevning yashash uyidagi tomorqa yeri ikki nafar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Bu jarayonda hovlining 10x10 kv.metr yer maydonida jami 340 tub bo‘lgan tarkibida giyoxvand moddasi mavjud bo‘lgan “ko‘knor” o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tezkor xodimlar tomonidan tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.


Bundan tashqari, keng qamrovli tadbirlar davomida Romitan tumani Qaxramon QFY Quyi Qaxramon qishlog‘ida yashovchi fuqaro N. Boqiyev yashash uyi hovlisi 3x4 kv.metr yer maydonida jami 6 tub taxminan kannabis (kanop) o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi, bundan tashqari fuqaro N. Boqiyevning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, fuqaro uch dona “spichki” yozuvli gugurt qutisiga joylangan jami og‘irligi 10.57-gramm bo‘lgan “marixuanna” narkotik moddasini konunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan.


Mavzuga oid
10:22 / 02.03.2024
“Buning oxiri o‘lim”: Cintetik narkotiklar qanday ta’sir qilishi haqida giyohvandlar tilidan
13:55 / 18.05.2018
Jizzaxda 25 kilogramm “ko‘knor” giyohvandlik moddasi topildi
00:56 / 09.02.2018
Afg‘onistonda 2017 yilda ko‘knor ekilgan yerlar maydoni 60 foizga ko‘paygan
17:00 / 15.11.2017