Qatarda drama. O‘zbekistonga yana yordam berishdi
Osiyo mintaqasi JCh-2018 saralashi A guruhida 8-tur Qatar va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin yakunlandi. Dohada kechgan dramatik bahsda mezbonlar 3:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
O‘yinning 25-daqiqasida Hasan Al-Haydos jarima zarbasini aniq amalga oshirib, mezbonlarni oldinga olib chiqqan gol muallifiga aylandi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi.
Ikkinchi bo‘lim Qatarning hujumlari bilan boshlandi va bu hujumlar 51-daqiqada o‘z samarasini berdi, mezbonlarning ajoyib tashkillashtirgan kombinatsiyalarini Akrom Afif chiroyli gol bilan yakunladi - 2:0.
Ammo ko‘p vaqt o‘tmasdan, uchrashuvning 62-daqiqasida mehmonlar hisobni qisqartirishga erishdi, o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan koreyalik futbolchi to‘pni markazga uzatdi, Ki Song Yon uni to‘xtatib o‘tirmay darvozaga yo‘lladi va jamoasining ilk javob goliga mualliflik qildi.
70-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda mehmonlar yana o‘ng qanotdan hujum tashkillashtirdi, jarima maydoniga uzatilgan to‘pni Hvan Il Su sherigi Hvan Hi Changa tashlab berdi va hujumchi mo‘ljalda adashmadi - 2:2.
Oradan 4 daqiqa o‘tib esa mezbonlar tezkor hujum uyushtirishdi, Tabata Hasan Al-Haydosni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Qatarlik hujumchi esa o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi - 3:2.
Qatarning ushbu g‘alabasidan so‘ng guruhdagi vaziyat chigallashdi. Qatar (7 ochko) Xitoyni ortda qoldirib beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, Janubiy Koreyadagi ochkolar soni 13taligicha qoldi va bu terma jamoa ikkinchi o‘rindan ko‘tarilmadi 12 iyun kuni Eronga yutqazgach, 12 ochko bilan uchinchi o‘rindan qimirlamagan O‘zbekistondan uzoqlashib keta olmadi. Qatarning g‘alabasi Samvel Babayan qo‘li ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi foydasiga ishladi, endi o‘zbekistonlik futbolchilar keyingi ikki turda Xitoyni safarda, Janubiy Koreyani Toshkentda yengib, JCh-2018ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin. Eron esa O‘zbekistonni yengib, Rossiyada o‘tkaziladigan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Janubiy Koreyaning mag‘lubiyatidan keyin, guruhdagi birinchi o‘rinni naqd qildi.
Bundan avvalroq, tur doirasidagi boshqa uchrashuvda Xitoy Suriyaga qarshi o‘yinda durangga erishgan, bu natija esa to‘rtinchi o‘rindagi suriyaliklar uchinchi o‘rindagi O‘zbekistonga yetib olmasligini ta'minlagandi.
Sentyabrda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi, 9-turda O‘zbekiston Xitoyga safar qiladi, Suriya Qatarni qabul qiladi, Eron esa Seulda Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.
JCh-2018 saralashi
8-tur
Qatar - Janubiy Koreya 3:2
Gollar: 1:0 – 25 Al-Haydos, 2:0 – 51 Afif, 2:1 – 62 Ki Son Yon, 2:2 – 70 Xvan Xi Chxan, 3:2 – 74 Al-Haydos.
Qatar: Saad Al-Shiib, Muhammad Musa, Abdulkarim Hassan, Muhammad Kasola, Ali Asadulla, Hasan Al-Haydos, Ibrohim Majid, Pedro Soria, Bualim Xouxi, Akram Afif, Rodrigo Tabata.
Janubiy Koreya: Kvon Sun Txe, Kim Jin Su, Kvon Te Xve, Jang Hven Su, Chhvo Chol Sun, Han Kuk Yeng, Son Hin Min, Ki Song Yo‘ng, I Jye Song, Ji Dong Von, Hvan Hi Chan.
Ogohlantirishlar: Chxve Chxol Sun (24), Madjid (36)
Mavzuga oid
22:56 / 15.11.2024
Hamas korpusi Qatardan ketadimi? Qaysi davlatga?
23:32 / 14.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
11:16 / 14.11.2024
«Qatarga Osiyo chempioni sifatida qaramasligimiz kerak»
20:17 / 12.11.2024