Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada robot-baliq yaratildi, u "Fukusima-1" reaktorini tadqiq qiladi
Yaponiyada 2011 yilgi zilzila va sunami sabab zarar ko‘rgan “Fukusima-1” AES yadro reaktorini tadqiq qilishga mo‘ljallangan robot-baliq yaratildi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, suzuvchi qurilma Toshiba korporatsiyasi va yadro reaktorlarini buzish muammolari bo‘yicha Xalqaro institut tomonidan Kanagava prefekturasidagi Yokosuka shahrida payshanba kuni namoyish etildi.
“Mini-mambo” (mini-“oy-baliq”) nomli robot hajmi 13 ga 30 santimetr bo‘lib, u kabel orqali boshqariladi. Ya'ni, u uchinchi raqamli reaktorga himoya qatlami orqali kirishi va yetgan zararlarni fotosuratga tushirishi lozim bo‘ladi. Bu ma'lumotlar asosida Fukusimadagi AES reaktoridan radioaktiv chiqindini yo‘qotish bo‘yicha ishlar baholanadi.
Xabarlarga ko‘ra, dastlabki o‘lchovlar ikkinchi reaktor himoya qatlami ichidagi erib ketgan yoqilg‘ining ionlashtirilgan nurlanish miqdori soatiga 650 zivertni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, tabiiy radiatsiya foni yiliga taxminan 2,4 millizivertni tashkil etadi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025