Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanida o‘g‘irlik fosh etildi
2017 yilning 12 iyun kuni taxminan soat 03:30 larda muqaddam sudlangan Davron Mirzaxo‘ja o‘g‘li Abdullayev o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Olmazor tumani hududida fuqaro Abdurashid Umarovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bahosi 4.000.000 so‘mlik «Roison» rusumli televizorini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda, ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda uy-joyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi
14:13 / 16.02.2025