Jamiyat | 22:01 / 16.06.2017
7513
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida ot o‘g‘risi ushlandi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi, ishlamaydigan, 1986 yilda tug‘ilgan E.M. ga tegishli 2 bosh otni shu mahalla hududida joylashgan “Sher Aziz Muhammad” fermer xo‘jaligi dala maydonidan noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
 
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan viloyati Chust tumani Yangi Hayot qishlog‘ida yashovchi, ishlamaydigan, 1991 yilda tug‘ilgan Sh.A sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid