Mirziyoyev Gelmut Kol vafoti munosabati bilan Germaniya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasining Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga Germaniyaning sobiq Federal kansleri Gelmut Kol vafot etganligi munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari maktubida shunday deyiladi:
“Janob Kol bizning xotiramizda jahon miqyosidagi yirik siyosiy lider va GFRning atoqli davlat arbobi sifatida qoladi. Uning nomi bilan Germaniyaning birlashishi va Yevropa Ittifoqining yaralishi kabi jahon tarixidagi muhim siyosiy voqealar chambarchas bog‘liq.
U, shuningdek, davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik va do‘stona aloqalar o‘rnatilishi va rivojlanishida katta hissa qo‘shgan.
Mening ta'ziyamni qabul qilishingizni hamda janob Kolning oila a'zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga samimiy hamdardlik so‘zlarimni yetkazishingizni so‘rayman”.
Mavzuga oid
19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
19:05 / 22.01.2024
«Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi» tashkil etiladi
09:47 / 19.01.2024