Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduni kimlar sotib olmoqchi?
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorjye Mendesh o‘z mijozi uchun mavjud takliflar haqida ma'lum qildi.
Cadena Cope xabariga ko‘ra, agent madridliklar rahbariyatini ingliz, fransuz va Xitoy klublaridan taklif olgani haqida xabardor qilgan.
Bundan avvalroq, «Manchester Yunayted», «PSJ» va «Monako» klublari Ronaldu uchun 180 million yevro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Xitoy klublaridan biri keyinroq bu miqdorni 200 million yevroga ko‘tardi.
Klub futbolchi istamasa, uni tarkibda ushlab qolmasligini, lekin transfer uchun narxni futbolchi emas, klub belgilashi haqida ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Ispaniya prokuraturasi tomonidan 14,7 mln yevro miqdorida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan edi. Shu tufayli futbolchi Ispaniyani tark etishga qaror qilgan.
«Men «Real»dan ketaman. Qaror qabul qilingan. Ortga yo‘l yo‘q»
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025