Jamiyat | 15:15 / 18.06.2017
40975
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Kosta-Rika prezidenti intervyu vaqtida arini yeb yubordi

Kosta-Rika prezidenti Luis Gilermo Solisning og‘ziga jurnalistlar bilan suhbati vaqtida tasodifan hashorat kirib ketdi. Bu holat tasvirlari internetda tarqalgan.

Kadrlarda ko‘rish mumkinki, gapirib turgan prezidentning og‘zi yaqinida uchayotgan hashorat uning og‘ziga uchib kiradi (bu vaqtda siyosatchi jurnalistlar bilan mamlakat janubidagi beton zavodi ochilishi xususida so‘zlashayotgandi). 

Davlat rahbari bu noqulay vaziyatdan yumor bilan chiqib ketgan.

«Men uni yeb qo‘ydim. Men arini yamlab yubordim. Bunaqasi har kuni ham bo‘lavermaydi. <…> Haqiqiy oqsil», — degan Kosta-Rika prezidenti kameraga qarata kulib va shundan so‘ng idishdan suv icha boshlagan.

Mavzuga oid