Fan-texnika | 00:58 / 21.06.2017
25775
2 daqiqa o‘qiladi

Lincoln eng katta va eng qimmat modelini taqdim etdi

Lincoln kompaniyasi Navigator to‘rtinchi avlod yo‘ltanlamas avtomobilining uzaytirilgan namunasini taqdim etdi. Yangi avtomobil bu rusumdagi avtomobillar ro‘yxati ichida eng yirigi va eng qimmati bo‘lib turibdi.

Extended modifikatsiyasi oddiy Navigator’dan 30 santimetrga uzun va avtomobilning umumiy gabarit uzunligi 5,64 metrga yetadi. G‘ildiraklar bazasi ham 25 santimetrga oshirilgan.

 

Yangi avtomobil kengroq orqa eshiklari bilan farqlanadi. Lincoln tarqatgan xabarlarga ko‘ra, bu segmentdagi avtomobillar ichida ikkinchi qator o‘rindiqlardan keyin eng katta zaxira maydoniga ega. O‘rindiqlarning uchinchi qatoridan keyingi yuk maydoni uzaytirilgan namunada deyarli 425 litr hajmiga teng.

Oddiy «Navigator» va uning Extended modifikatsiyasi AQShda shu yilning kuzidan sotuvga chiqariladi. Oddiysining narxi 72 ming dollar bo‘lsa, uzaytirilgan namunasiniki 81 ming dollardan boshlanadi.

Black Label deb ataluvchi top komplektatsiyada uzaytirilgan yo‘ltanlamas avtomobil kamida 96.905 dollarga narxlanadi. Qo‘shimcha jihozlar ro‘yxatida, masalan, orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun multimediya kompleksi (qo‘shimcha 2 ming dollar), 30 yo‘nalishda o‘zgartirish mumkin bo‘lgan va massaj qiluvchi qurilmaga (1250 dollar) ega old o‘rindiqlar ham bor.

Mavzuga oid