O‘zbekiston | 22:00 / 22.06.2017
92138
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qozog‘istondagi avariya bo‘yicha rasmiy bayonot berdi (video)

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Qozog‘istonda ro‘y bergan va 9 nafar o‘zbekistonlikning hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan dahshatli yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha rasmiy xabar berdi.

«OAV xabarlariga ko‘ra, 2017 yilning 22 iyun kuni Qozog‘istonning Oqmola viloyati hududida Chimkentdan Volgogradga (Rossiya) ketayotgan avtobus ag‘darilib tushgan. Yo‘l-transport hodisasi qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolarining borligi aniqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi va Qozog‘istondagi Elchixonasi tomonidan jarohat olganlarning shaxsini aniqlash va zarur yordamni ko‘rsatish uchun choralar qo‘llanilmoqda», — deyilgan xabarda.

Qozog‘istondagi YTHda 9 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Tarmoqda hodisa joyida olingan video tarqalgan.

Mavzuga oid