Beparvo ona «O‘rikzor» bozorida bolalarini avtomashinasi ichida qarovsiz qoldirdi
Feysbukdagi «Voditeli tashkenta» (DRIVERS.UZ) guruhida foydalanuvchi Bahodir Azizov tomonidan joylashtirilgan postda bugun Toshkent shahridagi «O‘rikzor» bozorida ro‘y bergan bir voqea haqida xabar berilmoqda.
Bozorga savdo uchun kelgan ona «Neksiya» avtomashinasida o‘zining ikki farzandi — 3 va 5 yoshlar atrofidagi qizaloqlarini eshiklarni yopib qoldiradi va aftidan, ular haqida unutib qo‘yadi.
Bozorning mashinalar avtoturargohida ishlovchi xodimlardan biri qizaloqlarning mashinada tinchgina uxlab yotganiga ko‘zi tushadi, biroq derazani chertganda ular reaksiya bildirmaydi.
Bu holatdan shubhalangan xodim darhol militsiya va «tez yordam» chaqiradi, eshik ochilib, qizaloqlar chiqarib olib, o‘ziga keltiriladi. Beparvo ona esa shundan keyin ham yarim soat o‘tib paydo bo‘ladi. Voqea guvohlari onaga tanbeh berib, tashlanishadi.
«Odamlar! Shunday vaziyatlarda ehtiyotroq bo‘linglar», deb tugatadi post egasi o‘z so‘zlarini.
Avtomashina davlat raqamidan haydovchi ayol Samarqand viloyatidan ekanligini bilish mumkin.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
17:26 / 08.11.2024