Sport | 14:30 / 23.06.2017
5975
1 daqiqa o‘qiladi
Maykl Jordanning libosi qariyb 300 ming dollarga sotildi
Amerikalik afsonaviy basketbolchi Maykl Jordanning libosi kimoshdi savdosida rekord mablag‘ – 274 ming dollarga sotildi. Jordan aynan shu libosda 1984 yilgi Olimpiya o‘yinlarining Ispaniya termasiga qarshi kechgan final bahsida (96:65) harakatlangan, deb xabar bermoqda «R-Sport».
Jordan musobaqa yakuniga ko‘ra eng yaxshi o‘yinchi, deb topilgan. 21 yoshli basketbolchi 1984 yilgi Olimpiya o‘yinlari finalida 20 ochko yiqqan.
O‘yin libosini sotish bo‘yicha avvalgi rekord 173 ming dollarni tashkil etgan bo‘lib, u ham aynan Jordanga tegishli bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:00 / 23.10.2024
Tarixda birinchi marta ota-o‘g‘il basketbolchi NBA o‘yinida birgalikda ishtirok etdi
13:48 / 15.06.2023
Ruslan Davletov basketbol federatsiyasi raisi lavozimidan ketdi, uning o‘rnini Ilhom Mahkamov egalladi
20:58 / 16.12.2020
Milliy basketbol uyushmasi tarixida o‘yinchi bilan rekord qiymatdagi shartnoma tuzildi
00:15 / 29.10.2020