Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi akvaparkda 5 kishi tok urishdan halok bo‘ldi
Turkiyaning shimolidagi Sakaryo viloyatidagi Akyozi shahridagi mahalliy akvaparkda tok urishidan 5 kishi: 2 nafar katta yoshli va 17, 15 va 12 yoshli uch o‘smir halok bo‘ldi. Bu haqda 23 iyunda SkyNews telekanali xabar berdi.
Birinchi bo‘lib, suv havzasiga sakragan o‘smirlar jabrlangan. Akvapark egasi – 58 yoshli erkak va uning 30 yoshli o‘g‘li ularni qutqarishga urinish vaqtida halok bo‘lishgan.
Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilganlarida o‘lik holda bo‘lganlar. Shifokorlarning aytishicha, ular suvda tok urish vaqtida halok bo‘lganlar.
Politsiya ushbu voqeani tergov qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, voqea akvaparkda tokning keskin sakrashlari vaqtida jiddiy nosozliklardan saqlovchi maxsus qurilma bo‘lmagani sababli yuz bergan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025