Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekda O‘rta Osiyodagi eng katta masjid qad rostladi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda O‘rta Osiyoda eng katta masjid deb e'tirof etilayotgan masjid qurilishi o‘z yakuniga yetdi. Faqatgina masjid hududini obodonlashtirish ishlarigina qoldi, deb xabar bermoqda "Anadolu" axborot agentligi.
Masjidning maydoni 7,5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjid ichida bir vaqtning o‘zida 6 minggacha kishi ibodat qilishi mumkin. Yaqin atrofdagi hududlar hisobga olinganda, masjidga ibodat qilgani keluvchilar soni 20 minggacha yetishi mumkin. Masjid balandligi 70 metrdan bo‘lgan 4 ta minora va ikkita kirishga ega.
Masjid majmuasi 500 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh, Qur'on tilovati kurslarini tashkillashtirish uchun xona, anjumanlar zali va favvorani o‘z ichiga olgan.

Usmon imperiyasi arxitekturasi uslubida yaratilgan ushbu masjidni qurish 2012 yilda boshlangan. Masjid Anqaraning Xo‘jatepa tumanida joylashgan Turkiyadagi eng katta masjidga monand qurilgan.

Mavzuga oid
18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti
21:07 / 09.04.2025
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani e’lon qilindi
15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
18:08 / 04.04.2025