Sport | 09:59 / 28.06.2017
4847
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona Neapol shahri faxriy fuqarosiga aylanadi

Foto: Global Look Press

«Napoli» jamoasi va Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Diyego Maradonaga Neapol shahri faxriy fuqarosi unvoni beriladi. Bu haqda RT xabar bergan.

Tantanali marosim Neapolning eng katta maydoni - Pyatstsa-del-Plebishitoda 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, deb ma'lum qildi ANSA.

Maradona «Napoli»da 1984-1991 yillar davomida o‘ynagan. U jamoa tarkibida 259 uchrashuv o‘tkazdi va 115 gol urdi. Argentinalik «Napoli» bilan birga Italiyada ikki karra chempionga aylangan, shuningdek, UYeFA kubogi va Italiya kubogi, hamda mamlakat superkubogini qo‘lga kiritgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid