Jahon | 15:13 / 29.06.2017
12540
1 daqiqa o‘qiladi

Sitsiliya mafiyasi Germaniyada faollashmoqda

Sitsiliya mafiyasi oroldan Germaniya shimoliga qarab ko‘chib o‘tmoqda. Bu Janubiy Yevropadagi yomon moliyaviy sharoitlar tufayli biznes yuritish imkoniyatlarini qidirish hamda Italiya hukumatining jinoyatchilikka qarshi keng ko‘lamli harakatlari sabab yuz berayapti, deb yozmoqda The Guardian gazetasi.

Nashrning Germaniya janubi-g‘arbida o‘tkazilgan keng ko‘lamli giyohvand moddalarga qarshi amaliyot davomida olgan ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatning eng badavlat mintaqalariga mafiya klanlarining migratsiyasi ortib bormoqda.

Italiya moliya politsisi va Germaniya tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma amaliyot davomida narkosavdoda gumonlangan 19 kishi hibsga olindi. Italiya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, ular Albaniyadan Germaniyaga tonnalab narkotiklar olib kirishgan va daromadni o‘yin avtomatlari orqali yuvishgan. Bunday avtomatlarni o‘rnatishga mahalliy bar va do‘kon egalari majburlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid