Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 250 ming oilada uy-joy muammosi bor
Bugungi kunda Toshkent shahrida uy-joy muammosi yoki shunga aloqador masalalar 250 ming oilada bor. Bu haqda shahar hokimi Rahmonbek Usmonov “Toshkent” telekanalidagi “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident 2016 yilning 22 noyabr kuni Toshkent shahrida 500 ta ko‘p qavatli, 28 mingta xonadondan iborat bo‘lgan ipoteka hisobidan uy-joy qurilishi bo‘yicha qaror chiqardi.
“Ta'kidlab o‘tish kerak, so‘nggi 20-25 yil ichida bunday ipoteka bo‘yicha hech qachon aholimizga bunchalik uy-joy qurmagan edik. Bu yil 102 ta ko‘p qavatli uyda 4200 dan ortiq xonadon qurib bitkazilmoqda va Mustaqillik bayrami arafasida xalqimizga topshiriladi”, - degan Usmonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 4 200 ta xonadonga shahar aholisi tomonidan tuman hududiy komissiyalariga 38 mingdan ortiq ariza kelib tushgan.
“Kelasi yili, arizalar ko‘pligini inobatga olib, Prezidentimiz topshirig‘i asosida 8 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylarda xonadonlar qurilishi rejalashtirilmoqda”, - dedi hokim.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025