Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir haftada 8 kilogramm giyohvandlik vositasi musodara qilindi
Toshkent shahar IIBB giyohvandlikka qarshi kurash xodimlari tomonidan 22-29 iyun kunlari 8 kilogrammga yaqin narkotik vositalar musodara qilindi. Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning ma'lum qilishicha, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida shu oy mobaynida 15 kg 277 gramm, hafta davomida 7 kg 925 gramm, yil boshidan esa 39 kg 966 gramm giyohvandlik vositalari olingan.

Umuman, yil boshidan 614ta, oy boshidan 134ta, hafta davomida 33ta holat aniqlangan. Shuni alohida aytib o‘tish lozimki, Toshkent shahriga kirib kelish postlarida giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari soni yil boshidan buyon 108ta, oy boshidan 22ta, hafta davomida 8tani tashkil etgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025