Jamiyat | 18:29 / 29.06.2017
35242
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda yangi jome masjidi ochildi (foto)

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Ramazon hayiti kuni Jizzax shahrida “Xo‘ja Nuriddinhoji” jome masjidining yangi binosi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Zamonaviy ko‘rinishda qad rostlagan va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ma'rifat maskani jizzaxliklarga munosib bayram tuhfasi bo‘ldi.

Yangi masjidning ochilish tantanasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov ishtirok etib, shahar ahlini Ramazon bayrami bilan tabrikladi.

Moviy gumbazli “Xo‘ja Nuriddinhoji” masjidi xursandchilik kayfiyatiga burkangan namozxonlarga to‘ldi.

Ramazon hayiti shukuhidan ruhlangan fuqarolar Vatan tinchligi, xalq farovonligi hamda O‘zbekiston Prezidentining mamlakat sharafini yanada yuksaltirish yo‘lidagi sa'y-harakatlariga barakalar tilab, duoyi xayrlar qildilar.

Mavzuga oid