Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KK-2017. Germaniya Meksikani yirik hisobda yengib, finalga chiqdi
Konfederatsiyalar kubogining yarim final ikkinchi juftlik bahslarida Germaniya va Meksika terma jamoalari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurashdi. Sochidagi "Fisht" stadionida kechgan o‘yin Germaniyaning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab 6- va 8-daqiqalarda Gorettska ikki gol urib, jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 59-daqiqada Verner oradagi farqni yirik ko‘rinishga olib keldi. O‘yin tugashiga bir daqiqa qolganida Fabian meksikaliklarning yagona goli kiritdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda Yunes gol kiritib, yakuniy 4:1 hisobni o‘rnatdi.
Germaniya terma jamoasi finalda Chiliga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Germaniya – Meksika 4:1
Gollar: 1:0 – 6 Gorettska, 2:0 – 8 Gorettska, 3:0 – 59 Verner, 3:1 – 89 Fabian, 4:1 – 90+1 Yunes.
Germaniya – ter Stegen, Xektor, Ginter, Ryudiger, Xenrixs, Gorettska (Jan, 67), Kimmix, Rudi, Draksler (Yunes, 81), Verner, Shtindl (Brandt, 79).
Meksika – Ochoa, Moreno, Layyun, Arauxo, Alanis, Akino (Losano, 46), Dos Santos (Markes, 67), Errera, Ximenes, Ernandes, dos Santos (Fabian, 63).
Ogohlantirishlar: Ximenes (55), Jan (72).
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025