Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yotoqxonada yashovchilar Toshkent propiskasini olishi mumkin bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritdi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Hujjatga ko‘ra, turar joy uylari maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy ravishda yashovchi shaxslar, Toshkent shahri va viloyatida 2015 yil 15 sentabrga qadar berilgan idora hujjati (order) asosida va yashash joyida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ushbu uy-joyni xususiylashtirish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Xususiylashtirish imkoniyati 2018 yil 1 iyulgacha taqdim etiladi. Bu sanaga qadar Toshkent shahri va viloyatida ko‘rsatilgan xonadonlarni xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va notarial tasdiqlashga ruxsat berildi.
Shu tariqa xususiylashtirilgan xonadonlar egalari Toshkent shahri yoki viloyatida ushbu uy-joy maydoniga doimiy propiska qilinishlari mumkin.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025