Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviya prezidentiga ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdid qilinmoqda
Boliviya prezidenti Evo Moralesga ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘ldirish bilan tahdid qilinmoqda. Bu haqda 3 iyulda mamlakat aloqa vaziri Xisela Lopes ma'lum qildi.
"Mamlakatga oxirgi soat va kunlarda nima bo‘layotganini ma'lum qilmoqchiman, bizning prezidentimiz, inqilobning bosh yetakchisi, Boliviya demokratiyasi himoyachisi va hozir sayyorada mavjud imperiyaga (AQSh) qarshi kurashuvchi eng qat'iy xalqaro yetakchilardan biriga o‘ldirish bilan tahdid qilinmoqda", deb aytgan Lopes.
Vazir bunday tahdidlarga Saimon va Exorcismo Bebe taxalluslari ostida yashirinuvchilarning tahdidlarini misol sifatida keltirdi.
Hozircha hukumat prezident nomiga bildirilayotgan tahdidlarni tergov qilishni boshlash-boshlamasligi borasida ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
22:41 / 10.04.2025
Jamoatchilik fikri: ijtimoiy tarmoqdagi kommentlar real hayot in’ikosimi?
21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?
00:27 / 09.02.2025
Ijtimoiy tarmoqlar yolg‘izlikni kuchaytiradi - olimlar
19:33 / 01.02.2025