Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchi: Xitoy universitetlarida o‘zbek tili mutaxassisligi ochiladi
Xitoydagi ta'lim muassasalarida o‘zbek tili mutaxassisligi ochiladi. Bu xaqda Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze Xalqaro press-klubda «O‘zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondashuv» mavzusida tashkil etilgan yig‘ilishda ma'lum qilgan.

«Joriy yilda Xitoydagi oliy ta'lim muassasalarida O‘zbek tiliga ixtisoslashgan mutaxassisliklar tashkil qilinadi. O‘zbekistonda esa biz xitoy tilidan ta'lim berishda davom etamiz. Bu esa yoshlarimizning ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlari, ularning tarixi, an'analarini yanada yaqindan o‘rganishi uchun yordam beradi», - dedi elchi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbirda Xitoy elchisidan tashqari O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Norboyeva, Yoshlar ittifoqi rahbari Qahramon Quronboyev, Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Sobitxon Turg‘unov, «Yoshlar» telekanalining yangi rahbari Ozodbek Nazarbekov, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev hamda boshqalar qatnashmoqda.
Mavzuga oid
18:49 / 03.03.2025
Ayrim xorijiy so‘zlarni o‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etildi
10:31 / 18.03.2024
Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun O‘zbek tili onlayn platformasi ishga tushirildi
18:18 / 01.06.2023
6 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» taqdimoti o‘tkazildi
14:34 / 17.10.2022