O‘zbekiston | 18:31 / 03.07.2017
66958
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning sobiq hokimlaridan biri rahbarlik lavozimiga qaytdi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash direksiyasiga yangi rahbar tayinlandi.

29 iyun kuni tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining shu haqdagi qaroriga asosan Rustam Shoabdurahmonov shu lavozimga tayinlangan.

Rustam Shoabdurahmonov 2001—2005 yillarda Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan. U shuningdek, turli yillarda Makroiqtisodiyot va statistika vaziri va vazir o‘rinbosari sifatida ham ishlagan, 1999-2004 yillarda Oliy Majlis deputati bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, direksiya O‘zbekiston hukumatining 15 iyundagi qarori bilan tashkil etildi. U o‘ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash bo‘yicha loyihalarga buyurtma berish, ularning sifatli amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga oid