O‘zbekiston | 15:24 / 27.03.2021
2303
3 daqiqa o‘qiladi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida yangi direksiya tashkil etiladi

Prezidentning “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida “Xalqaro sanoat va kooperatsiya yarmarkasi” direksiyasi tashkil etiladi.

Quyidagilar direksiya asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • xalqaro va mahalliy darajadagi sanoat va kooperatsiya yarmarkalari o‘tkazilishini tashkil etish;
  • xalqaro sanoat va kooperatsiya yarmarkasiga salohiyatli xorijiy xaridorlarni jalb etish hamda mahalliy tadbirkorlik sub'yektlari faol qatnashuvini ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga xorijiy hamkorlar topishda va mahsulotlarini eksportga yetkazib berish uchun shartnomalar tuzishda ko‘maklashish;
  • xalqaro sanoat va kooperatsiya yarmarkasi doirasida tuziladigan shartnomalarni tahlil qilish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan tegishli loyihaviy takliflar shakllantirish;
  • MDHga a'zo davlatlar o‘rtasida elektron sanoat kooperatsiya aloqalarini tashkil etish va kengaytirish;
  • “Elektron kooperatsiya” portali faoliyatini yuritish, muvofiqlashtirish hamda undagi sanoat mahsulotlari turlari va ishtirokchilarini doimiy kengaytirib borish.

Belgilanishicha:

  • direksiya yilda bir marta “Xalqaro sanoat va kooperatsiya” yarmarkasini hamda uch oyda bir marta “Mahalliy sanoat va kooperatsiya” yarmarkasini sifatli va yuqori saviyada o‘tkazilishi uchun mas'ul hisoblanadi;
  • direksiya faoliyati doirasida tuziladigan shartnomalar ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga hamda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rishga javobgar hisoblanadi.
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Elektron kooperatsiya portali markazi” davlat korxonasi o‘rnatilgan tartibda tugatiladi.

“Elektron kooperatsiya portali markazi”ning tashkil qilingan cooperation.uz portali faoliyati bilan bog‘liq barcha vazifalar, vakolatlar va majburiyatlar direksiyaga o‘tkaziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid