Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat dumasi Qirg‘iziston haydovchilik guvohnomasini tan olish tarafdori
Rossiya Davlat dumasi xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Leonid Slutskiy Qirg‘iziston haydovchilik guvohnomasini tan olish masalasiga qaratilgan plenar majlisda ushbu respublikani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Yig‘ilishda ushbu davlat haydovchilik guvohnomasini tan olishni so‘rab deputatlarning Rossiya prezidentiga murojaati muhokama qilindi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlat sobiq sovet davlati hududida rus tilini o‘rganish va qo‘llab-quvvatlash borasida namuna bo‘la oladi.
«U yerda rus maktablari, markazlari yopilish o‘rniga ochilayapti. Bugungi Qirg‘iziston rus tili rasmiy maqomga ega davlat hisoblanadi. Qirg‘izistonlik haydovchilar Rossiya hududida YTHlar sodir etmaydi. Men so‘zlarimga javob beraman, chunki biz Qirg‘izistonda haydovchilarni tayyorlash tizimini yaxshilab o‘rgandik. Shu bois ularning professional tayyorgarligi va rus tilini yaxshi bilishlarini himoya qilamiz», — degan Slutskiy.
Uning fikricha, rus tilini jiddiy ilgari surayotgan, uni o‘rta maktablarda o‘rganishni qayta tiklagan va oliy ta'lim tizimini o‘zgartirmagan mamlakat shu tarzda qo‘llab-quvvatlashga loyiq.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025