Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya samolyotlari Suriyada jangarilar ustiga qanotli raketalar tashladi
Rossiyaning Tu-95MS strategik raketa tashuvchi samolyotlari Suriyadagi Hama va Homs viloyatlari hududidagi IShID jangarilari obektlariga zarbalar yo‘lladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Bu hujum natijasida terrorchilarning 3ta yirik omborxonasi hamda Akerbat shahridagi boshqaruv punkti yo‘q qilingan. Samolyotlar nishonlarga X-101 rusumli qanotli raketalar yo‘llagan. Bunday qurol nishonni butunlay yo‘q qila oladi.
Qayd etilishicha, amaliyotda ishtirok etgan samolyotlar Engels aerodromidan uchgan. Ularni Hmeymim aerodromidan ko‘tarilgan Su-30SM va Su-35S qiruvchi samolyotlari qo‘riqlagan.
X-101 – Rossiyaning yangi strategik qanotli raketasi bo‘lib, nishonni 4,5 ming kilometrdan ham yo‘q qila oladi.
Suriyada ruslar X-101 raketalarini ilk bor 2015 yilning noyabrida qo‘llagandi. Tu-95MS samolyotida bunday raketalardan 8ta bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:12 / 16.12.2024
Moskva oblastida qanotli raketalarni yaratishga aloqador muhandis jasadi topildi
21:18 / 11.10.2024
Janubiy Koreya yetti yil ichida ilk bor Taurus raketalaridan foydalangan holda mashg‘ulot o‘tkazdi
11:15 / 23.03.2022